Ipoteka toʻgʻrisida 4-modda. Ipotekaga qoʻyuvchi

Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdorning oʻzi yoki bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) ipotekaga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Ipoteka belgilangan mol-mulk, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchining egaligida va foydalanishida qoladi.