Kimoshdi savdosi tashkilotchisi quyidagi hollarda kimoshdi savdosini amalga oshmagan deb eʼlon qiladi: kimoshdi savdosiga ikkitadan kam sotib oluvchi kelgan boʻlsa; kimoshdi savdosida garovga qoʻyilgan mol-mulkning boshlangʻich sotuv narxiga ustama qilinmagan boʻlsa; kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs xarid narxini belgilangan muddatda kiritmagan boʻlsa. Kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlardan birontasi sodir boʻlganidan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshmagan deb eʼlon qilinishi kerak. Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingandan keyin oʻn kun ichida ipotekaga oluvchi ipotekaga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra garovga qoʻyilgan mol-mulkni uning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv narxida olishga va shu mol-mulk ipotekasi bilan taʼminlangan oʻz talablarini xarid narxi hisobiga oʻtkazishga haqlidir. Bunday kelishuvga nisbatan fuqarolik qonunchiligining oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi. Bu holda ipoteka tugatiladi. Agar mol-mulkning ipotekaga oluvchi tomonidan olinishi toʻgʻrisidagi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan kelishuvga erishilmagan boʻlsa, birinchi kimoshdi savdosidan keyin bir oydan kechiktirmay takroriy kimoshdi savdosi oʻtkaziladi. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda, garovga qoʻyilgan mol-mulkning boshlangʻich sotuv narxi takroriy kimoshdi savdosida 20 foizga pasaytiriladi. Takroriy kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 41-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Takroriy kimoshdi savdosi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarga koʻra amalga oshmagan deb eʼlon qilingan taqdirda, ipotekaga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni uning birinchi kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv narxidan koʻpi bilan 25 foiz past narxda olishga (oʻzida qoldirishga) va mol-mulk ipotekasi bilan taʼminlangan oʻz talablarini xarid narxi hisobiga oʻtkazishga haqlidir. Agar ipotekaga oluvchi takroriy kimoshdi