Ipoteka toʻgʻrisida 46-modda. Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomaning mazmuni

Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni va ipotekaga qoʻyuvchining ipotekaga oluvchi oldidagi, ipoteka narsasini realizatsiya qilish hisobiga qanoatlantirilishi kerak boʻlgan barcha qarzlarining umumiy summasi; ipoteka narsasi boʻlgan va auksionga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkning nomi, tavsifi va taʼrifi; auksion oʻtkaziladigan joy va vaqt. Agar auksion ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan boʻlsa, auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomada mazkur tashkilotning nomi, joylashgan yeri va telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.