Ipoteka toʻgʻrisida 51-modda. Sudga murojaat etish huquqi

Kimoshdi savdosini yoki auksionni oʻtkazish tartib-taomili buzilgan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchi, shuningdek asosiy majburiyat boʻyicha qarzdor, agar u ipotekaga qoʻyuvchi boʻlmasa, kimoshdi savdosi yoki auksion natijalari xususida eʼtiroz bildirib, koʻchmas mulk turgan joydagi sudga kimoshdi savdosi yoki auksion oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida murojaat etishga haqli. Daʼvo arizasi berilishi kimoshdi savdosi yoki auksion natijalaridan kelib chiqadigan xatti-harakatlar amalga oshirilishini, agar sud tomonidan shunday xatti-harakatlar amalga oshirilishini toʻxtatib turish haqida ajrim chiqarilmagan boʻlsa, toʻxtatib qoʻymaydi.