Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladigan huquqlar ipotekasida ipoteka narsasini realizatsiya qilish ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiqadigan talabdan ipotekaga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, yoki undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qoʻyuvchi bilan notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladigan huquqlarni realizatsiya qilish ushbu Qonunning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Undiruv yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlarga qaratilgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq tanlov oʻtkaziladi, mazkur tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.