Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: 1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda; 4) chet davlatlar sudlariga nizoni mazmunan hal etish uchun alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish haqidagi sud topshiriqlari belgilangan tartibda yuborilganda.