Ish yuritish: 1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar; 2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va 5-bandlarida , 102-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar; 3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtguniga qadar; 3¹ ) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatda; 4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar toʻxtatib turiladi.