Iqtisodiy protsessual kodeksi 126-modda. Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tartibi

Sud majlisida hozir boʻlgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud majlisida hal etiladi. Sud majlisida hozir boʻlmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. Oʻziga nisbatan sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Sud jarimasi solish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi jarima solingan shaxsga yuboriladi. Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Sud jarimasini solish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi ajrimning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.