Iqtisodiy protsessual kodeksi 133-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish

Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala qaysi sudning ish yurituvida boʻlsa, oʻsha sud tomonidan sud majlisida koʻriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi masalani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish tugatilganligi koʻrsatiladi. Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻriladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimning xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) kelishuv bitimining shartlari; 2) kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xulosa; 3) sud xarajatlarini taqsimlash; 4) ish yuritishni tugatish haqidagi maʼlumot. Apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi qarorining xulosa qismida ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari, ish boʻyicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi koʻrsatma boʻlishi kerak. Sudning ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimining xulosa qismida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa boʻlishi kerak. Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud hujjati ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi. Sud tomonidan tasdiqlangan, kelishuv bit