Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa; 2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa; 3) u shart asosida tuzilgan boʻlsa. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.