Iqtisodiy protsessual kodeksi 142-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga eʼtiroz

Qarzdor kreditorning talablariga qarshi eʼtirozini sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi unga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Qarzdorning eʼtirozni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrugʻini berish uchun asos boʻladi. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga eʼtiroz qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan eʼtirozga ishonchnoma ilova qilinadi.