Sudya daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa; 2) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrimi yoxud fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qarori yoki kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrimi boʻlsa; 3) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining, arbitraj sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; 4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; 4¹ ) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno; 5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim boʻlsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno. 5¹ ) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan arbitraj muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim mavjud boʻlsa, bundan arbitraj sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli arbitraj muhokamasi tugatilganligi holati mustasno; 5² ) sudnin