Muayyan ishni koʻrish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi. Bir sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrilishi boshlangan ish aynan shu sudya yoki sud tarkibi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Sudya yoki sudyalardan biri: sudya ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi rad qilgan yoki sudyani rad qilish haqida ariza berilgan va bu qanoatlantirilgan taqdirda; sudya yoʻqligi sababli ishni koʻrish imkoni boʻlmagan taqdirda almashtirilishi mumkin. Sudya almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.