Sud kutilmagan va favqulodda holatlarda ishni sud majlisida koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, shu jumladan: tarafning iltimosnomasi boʻyicha, u nizoni kelishuv yoʻli bilan hal qilish maqsadida suddan koʻmaklashishni soʻrab murojaat qilgan taqdirda; agar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs sud majlisiga kela olmasligi sabablarini asoslagan holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilgan boʻlsa va basharti ushbu shaxsning ishtirokisiz ishni koʻrish mumkin boʻlmasa; ishda ishtirok etuvchi shaxsning oʻz vakili sud majlisiga uzrli sababga koʻra kela olmaganligi munosabati bilan qilgan iltimosnomasi boʻyicha; sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni ushbu shaxsning ishtirokisiz koʻrish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda; tarafning qoʻshimcha dalillar taqdim etish yoki uchinchi shaxslardan talab qilib olish zarurati bilan bogʻliq holda sud muhokamasini keyinga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻyicha; sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilayotganda videokonferensaloqa oʻrnatish imkoni boʻlmagan taqdirda; sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi kelmagan va koʻrsatilgan shaxsning sud muhokamasining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlmagan taqdirda; ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor boʻlgan javobgar bilan almashtirish zarur boʻlgan taqdirda; nizoli huquqiy munosabatdan chiqib ketgan tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirish zarur boʻlgan taqdirda; ikkinchi javobgarni yoki uchinchi tarafni ishda ishtirok etish uchun jalb etish zarur boʻlgan taqdirda sud muhokamasini keyinga qoldirishga haqli. Sud muhokamasi uni keyinga qoldirishga asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga ushbu Kodeksda sud muhokamasi uchun nazarda tutilgan muddat doirasida, biroq koʻpi bilan oʻn kunga qoldirilishi mumkin. Sud muhokamasini keyinga