Iqtisodiy protsessual kodeksi 180-modda. Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori

Sud pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirish chogʻida hal qiluv qarorining xulosa qismida undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining umumiy miqdorini asosiy qarzning, zararlarning, neustoykaning (jarima va penyaning) hamda foizlarning miqdorini alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi.