Iqtisodiy protsessual kodeksi 203-2-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar

Agar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — yuz baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim. Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlmasa, daʼvogarning iltimosnomasiga koʻra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi mumkin. Korporativ nizolar boʻyicha ishlar, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilmaydi. Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish chogʻida uchinchi shaxsning ishga kirishish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan, ushbu bobda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan qarshi daʼvo qabul qilingan boʻlsa yoxud agar sud quyidagilar xususida, shu jumladan taraflardan birining iltimosnomasiga koʻra quyidagilar xususida xulosaga kelsa, sud ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish haqida ajrim chiqaradi: 1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlsa; 2) qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini eshitish zarur boʻlsa; 3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bogʻliq boʻlsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli boʻlsa yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa. Ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim boʻlgan harakatlar va us