Iqtisodiy protsessual kodeksi 203-8-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: 1) qonunchilik talablari buzilganligi toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma; 2) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi; 3) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat.