Iqtisodiy protsessual kodeksi 211-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqi

Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunga muvofiq qarzdor, kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Arizaga toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.