Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Sud protsessining boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.