Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak: 1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori va mazkur qaror qabul qilingan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun koʻrsatma. Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoxud uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoki unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi oqibatida iqtisodiy sud tomonidan toʻliq yoxud qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishi mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha iqtisodiy sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
29-bob. Hakamlik sudining hal qilu