Iqtisodiy protsessual kodeksi 232-3-modda. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Ushbu Kodeksning 232¹-moddasida koʻrsatilgan arizalarga quyidagilar ilova qilinadi: 1) arbitraj bitimining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; 2) pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 3) arizaning koʻchirma nusxasi arbitraj muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki xabarnoma yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) arbitrni tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arizachi (arbitraj muhokamasi taraflari) tomonidan arbitr tayinlanganligi yoxud arbitrni tayinlash tartib-taomiliga rioya etilmaganligi dalillari; 2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arbitrni rad etish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha arbitraj sudi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi ajrimining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak; 3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga — arbitraj sudiga daʼvo taqdim etilganligining dalillari; arbitr oʻz vazifalarini bajarishi mumkin emasligini tasdiqlovchi dalil yoki arbitrning oʻz vazifalarini amalga oshirishga asossiz ravishda kechikishsiz kirishmaganligini tasdiqlovchi dalil; 4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi arizaga — arbitraj sudining oʻz yurisdiksiyasi haqidagi ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi ajrimining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun t