Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar yoki ularning vakili tomonidan imzolanadi. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi; 2) arbitraj sudining nomi, arbitrajning joyi va tarkibi; 3) arbitraj muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi; 4) arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 5) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan taraf shikoyat qilinayotgan hal qiluv qarorini olgan sana; 6) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va ushbu qaror ustidan qanday asoslar boʻyicha shikoyat qilinayotganligi. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada taraflarning telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili va boshqa maʼlumotlari koʻrsatilishi mumkin. Arbitraj muhokamasi tarafining arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: 1) arbitraj hal qiluv qarorining tasdiqlangan koʻchirma nusxasi. Doimiy arbitraj muassasasi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi ushbu arbitraj muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etilgan arbitraj sudi hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasidagi arbitr imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak; 2) arbitraj kelishuvining asl nusxasi yoki uning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi; 3) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar; 4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 5) arbitrajning hal q