Iqtisodiy protsessual kodeksi 232-8-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari

Arbitrajning hal qiluv qarori, agar taraf yoki ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilingan shaxs quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi lozim: 1) arbitraj kelishuvi taraflar ushbu kelishuvni qaysi qonunchilikka boʻysundirgan boʻlsa, oʻsha qonunchilik boʻyicha, bunday qonunchilik mavjud boʻlmaganda esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha haqiqiy emasligi dalilini; 2) “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi dalilini; 3) taraf arbitr tayinlanganligi haqida yoki arbitraj muhokamasi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz vajlarini taqdim eta olmaganligi dalilini; 4) arbitrajning hal qiluv qarori arbitrajda hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki arbitrajga murojaat qilish shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha qabul qilinganligi dalilini yoki unda arbitraj kelishuvini qoʻllash doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha qaror mavjudligi dalilini. Bunda, agar arbitrajda koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlarni arbitrajga tegishli boʻlmagan masaladan ajratib olish mumkin boʻlsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitrajga tegishli boʻlmagan masalalar boʻyicha qarori mavjud boʻlgan qismigina bekor qilinishi mumkin; 5) arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq emasligi dalilini, agar faqat bunday kelishuv “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining taraflar chekinishi mumkin boʻlmagan har qanday qoidasiga zid boʻlmasa yoki bunday kelishuv mavjud boʻlmasa, “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq emasligi dalilini. Agar iqtisodiy sud: 1) nizo predmeti Oʻzbekiston Respublikasining qonunch