Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrgan sudga, yoʻqolgan ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza esa ijro etish joyidagi sudga beriladi va tegishli sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Arizada ish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham, arizaga ilova qilinadi.