Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi chet davlat sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda rad qiladi, agar: 1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuni boʻyicha u qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, bundan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirmasdan ijro etilishi lozim boʻlgan hollar mustasno; 2) oʻziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan taraf ishni koʻrish vaqti va joyi haqida oʻz vaqtida va tegishli tarzda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz tushuntirishlarini sudga taqdim eta olmagan boʻlsa; 3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga yoki qonunchiligiga muvofiq ishni koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga taalluqli boʻlsa; 4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa; 5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan chet davlat sudida ish yuritish qoʻzgʻatilgunga qadar qoʻzgʻatilgan ish Oʻzbekiston Respublikasining sudida koʻrilayotgan boʻlsa; 6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati oʻtgan va ushbu muddat sud tomonidan tiklanmagan boʻlsa; 7) taraf tomonidan nizo vakolatsiz chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi dalil taqdim qilingan boʻlsa; 8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan boʻlsa; 9) hal qiluv qarori chet davlat sudlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining ishtirokchisi boʻlmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan boʻlsa; 10) chet davlat sudi hal qiluv qarorining ijro etilishi Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchiligining asosiy prinsiplariga zid boʻlsa. Chet davlat sudining hal qi