Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi hal qiluv qarori oʻziga qarshi qaratilgan tarafning arizasiga koʻra, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad qiladi, agar taraf: 1) arbitraj bitimining taraflari oʻzlariga nisbatan qoʻllaniladigan qonun boʻyicha qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz boʻlganligini yoki arbitraj bitimini uning taraflari qaysi qonunga boʻysundirgan boʻlsalar, oʻsha qonun boʻyicha, bunday koʻrsatma mavjud boʻlmaganda esa — hal qiluv qarori chiqarilgan mamlakatning qonuni boʻyicha haqiqiy emasligini; 2) hal qiluv qarori oʻziga qarshi qaratilgan taraf arbitr tayinlanganligi toʻgʻrisida yoki arbitraj muhokamasi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini; 3) arbitraj bitimi yoki arbitraj haqidagi shartnoma shartida nazarda tutilmagan yoki ularning shartiga tegishli boʻlmagan nizo boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilganligini yoxud arbitraj bitimi yoki arbitraj haqidagi shartnoma shartidan tashqari chiqadigan masalalar boʻyicha qaror mavjudligini, bundan arbitraj bitimi yoki arbitraj haqidagi shartnoma sharti doirasidagi masalalar boʻyicha qarorlar qamrab olinmagan masalalar boʻyicha qarorlardan ajratib olinishi mumkin boʻlgan hollar mustasno; 4) arbitraj organining tarkibi yoki arbitraj protsessi taraflarning kelishuviga muvofiq kelmaganligini yoki bunday shart boʻlmasa, arbitraj boʻlib oʻtgan mamlakat qonuniga mos kelmaganligini; 5) hal qiluv qarori taraflar uchun yakuniy boʻlmaganligini yoki u qabul qilingan va qonuni qoʻllanilayotgan davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilinganligini yoxud ijrosi toʻxtatilganligini; 6) nizo vakolatli boʻlmagan chet davlat arbitraji tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsa. Shuningdek chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish quyidagi hollarda rad qilinishi mumkin, agar: 1) nizo obyekti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyich