Iqtisodiy sud: 1) tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisidagi; 2) shartnoma taraflari tomonidan koʻrib chiqilishi sudga oʻtkazilishi kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqidagi; 3) shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi; 4) bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi; 5) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi; 6) mulk huquqini tan olish haqidagi; 7) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning gʻayriqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi; 8) intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi; 9) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganligi toʻgʻrisidagi; 9¹ ) oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi; 10) zararning oʻrnini qoplash haqidagi; 11) ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi; 12) undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi, bundan maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talab boʻyicha ijro hujjati yoki boshqa hujjat mustasno; 13) agar qonunda jarimalarni soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi; 14) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini budjetdan qaytarish haqidagi nizolarni hal etadi. Sud qonun bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan boshqa nizolarni