Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.