Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart. Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.