Investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) investitsiya shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq nizolar; 2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar; 3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bogʻliq nizolar; 4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bogʻliq nizolar; 5) investitsiya shartnomasi boʻyicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma boʻyicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar.