Kassatsiya shikoyati (protesti) u ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.