Iqtisodiy protsessual kodeksi 313-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar

Taftish tartibidagi shikoyatga quyidagilar ilova qilinadi: 1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; 3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjat. Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning murojaati koʻchirma nusxalari ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar mustasno. Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar h