Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari oʻz vakolatlari doirasida, ushbu Kodeksning 307-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli.