Iqtisodiy protsessual kodeksi 324-1-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish

Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan, yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.