Sud ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida quyi instansiya sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi. Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar taftish instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.