Iqtisodiy protsessual kodeksi 330-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza, agar u oʻzining shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qoʻyiladigan talablarga rioya etilgan holda berilgan boʻlsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi. Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.