Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari mustasno. Daʼvoni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi lozim. Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud hujjatining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.