Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran yoki sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib ijro etilgan taqdirda, muddat tugagan kundan eʼtiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Agar sud hujjatining ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, uning ijrosi toʻxtatib qoʻyilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.