Daʼvogar (arizachi) va javobgar iqtisodiy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir. Oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etgan yoki manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar daʼvogarlardir. Daʼvo yoki bildirilgan talab taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar javobgarlardir. Alohida toifadagi ishlar hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan yuridik shaxslar va fuqarolar arizachilardir. Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.