Iqtisodiy protsessual kodeksi 45-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish

Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, ishga daxldor boʻlmagan javobgarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin. Agar daʼvogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni daʼvogarning roziligi bilan ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganligi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.