Iqtisodiy protsessual kodeksi 5-modda. Sud hujjatlari

Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinadi. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyalari sudlari qaror qabul qiladi. Qonunchilik bilan sudlarning vakolatiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi. Kreditorning soʻzsiz talablariga doir arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud tomonidan sud buyrugʻi chiqariladi. Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi. Sud hujjatlari axborot tizimidan foydalangan holda elektron hujjat tarzida shakllantirilishi mumkin.