Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega boʻlmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish; sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi toʻgʻriligi xususida eʼtirozlar taqdim etish huquqiga ega. Tarjimon: sud chaqiruvi boʻyicha kelishi; tarjimani aniq, toʻliq va toʻgʻri amalga oshirishi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgar boʻladi, sud tomonidan bu haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.
2-§. Sudda vakillik