Iqtisodiy protsessual kodeksi 62-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish

Vakilning sudda ish yuritishga doir vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma uning rahbari yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqa shaxs tomonidan imzolangan va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud boʻlganda) tasdiqlangan boʻlishi kerak. Advokatning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Shartnoma boʻyicha vakil sifatida harakat qiluvchi shaxs (bundan advokat mustasno) ishonchnomadan tashqari sudga shartnoma boʻyicha vakil maqomini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.