Iqtisodiy protsessual kodeksi 98-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish

Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi. Daʼvoni taʼminlash choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan shaxsga daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.