Isteʼmolchi oʻzi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan boʻlishiga va uning hayoti, sogʻligʻi, atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlishiga, shuningdek, uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega. Tovar (ish, xizmat)ning isteʼmolchilar hayoti, sogʻligʻi, mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlishiga doir talablar qonunchilik bilan belgilanadi. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, xizmat)ning xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, tovar isteʼmolchiga sotilgan (ish bajarilgan) dan eʼtiboran oʻn yil mobaynida uning xavfsiz boʻlishini taʼminlashi shart. Isteʼmolchilarning hayoti, sogʻligʻi, mol-mulki hamda atrof-muhit uchun xavf tugʻdiruvchi tovar ishlab chiqarganlik (ish bajarganlik, xizmat koʻrsatganlik) uchun qonunchilikka muvofiq: ishlab chiqaruvchi (ijrochi); normativ hujjatlarni tasdiqlagan organ; muvofiqlik sertifikati bergan organ; sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, veterinariya xizmati organlari yoki xavfli tovar (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish yoxud realizatsiya qilishga ruxsat bergan boshqa organlar javobgar boʻladi. Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz boʻlishi taʼminlanmaganligi oqibatida isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq qoplanishi lozim. Agar tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish yoki uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maxsus qoidalarga rioya etish zarur boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday qoidalarni ishlab chiqishi, sotuvchi (ijrochi) esa, ularni isteʼmolchilar eʼtiboriga yetkazishi shart. Agar tovardan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish, ish (xizmat) natijalari isteʼmolchining hayoti, sogʻligʻi, mol-mulkiga yoki atrof-muhitga zarar yetkazayotganligi yoxud zar