Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 6-modda. Tovar (ish, xizmat)lar toʻgʻrisidagi maʼlumot

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart. Bunda mazkur maʼlumot tovarlarning etiketkalarida, tamgʻalarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda isteʼmolchilarga yetkazilishi mumkin. Tovar (ish, xizmat) haqidagi maʼlumotda quyidagilar koʻrsatilishi shart: tovarning (ishning, xizmatning) nomi; tovar (ish, xizmat) majburiy talablariga muvofiq kelishi shart boʻlgan normativ hujjatning nomi; tovar (ish, xizmat)ning asosiy isteʼmol xususiyatlari, shu jumladan, oʻziga xos xususiyatlari roʻyxati; narxi (tarifi) va sotib olish shartlari; normativ-huquqiy hujjatlarga yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarish sanasi koʻrsatilishi kerak boʻlgan tovarning ishlab chiqarilgan sanasi; ishlab chiqaruvchi (ijrochi)ning kafillik majburiyatlari; tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari hamda shartlari; tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat tugaganidan keyin isteʼmolchi nima ishlar qilishi zarurligi, shuningdek bunday ishlarni bajarmaslik natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) toʻliq nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning QR-kodi (matritsali shtrix kodi), import qilinadigan tovarlar uchun esa ishlab chiqaruvchining hamda import qiluvchining nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili); tovar kelib chiqqan mamlakatning nomi; ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning hamda ular isteʼmolchidan daʼvo qabul qilishga vakolat bergan, shuningdek, taʼmirlashlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat koʻrsatadigan korxonalarning manzillari; tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda qoidalari. konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazilayotganda fonogramm