Jinoyat-ijroiya kodeksi 102-1-modda. Ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi

Mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash har yili kamida ikki marta, shuningdek bayram kunlari munosabati bilan koʻrib chiqiladi. Mahkumlarni ragʻbatlantirish masalalari, shu jumladan qoʻllanilayotgan ragʻbatlantirish choralarining ushbu Kodeks 97¹-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha xulosa qabul qilinadi. Komissiya jazoni ijro etish muassasasining xodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari orasidan kamida sakkiz nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputalari mahalliy Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan vakillari kiradi. Jamoatchilik vakillari komissiya aʼzolari umumiy sonining yarmini tashkil etishi kerak. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi komissiyaning raisi hisoblanadi. Mahkumni ragʻbatlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya aʼzolariga taqdim etish otryad boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlardan bir hafta ilgari oʻtkaziladi. Komissiya aʼzolari ragʻbatlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning xulq-atvori belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat oʻtkazadi. Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, mahkumni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Komissiya qarori majlisda hozir boʻlgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish chorasini qoʻllas