Manzil-koloniyalarda: mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar; umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar; ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni oʻtaydi. Manzil-koloniyalarga tuzalish yoʻliga oʻtgan va: ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar; oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi. Manzil-koloniyalarga quyidagilar oʻtkazilmaydi: oʻta xavfli retsidivistlar; uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; jazoni oʻtash davrida ushbu Kodeksning 112¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazilgan, shuningdek umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga qaytarilgan mahkumlar sud tomonidan bu haqda ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran kamida ikki yil mobaynida; manzil-koloniyada jazoni oʻtash vaqtida jinoyat sodir etgan va sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan mahkumlar; yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar. majburiy davolanishdan