Jinoyat-ijroiya kodeksi 138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish

Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.