Xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilingan shaxs hukmda belgilangan jazo muddati tugaguniga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan boʻshatilishi mumkin. Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga taqdim etadi.